Keyingi yillarda Chikago va uning atrofida o'zbek muhojirlar ancha ko'paydi. Bu azim shahar joylashgan Illinois va unga qo'shni Indiana va Viskonsin shtatlarida Markaziy Osiyodan ko'plab oilalar yashaydi. Ularni Chikagodagi O'zbek-Amerika Jamiyati birlashtirib turadi. Shu kunlarda jamoa yozgi saylga yig'ildi. Biz yaqinda ular bilan diydor ko'rishib, Chikagodan rang-barang va qiziqarli hikoyalar bilan qaytdik. Kelgusi dasturimizda bu turkumning birinchi qismi bilan tanishasiz.

XS
SM
MD
LG