Breaking News

AQSh Oliy Sudi sog'liqni saqlash islohotiga doir qonunni qo'llab-quvvatladi


Oliy Sud qarorini kutayotgan namoyishchilar, Vashington. 28-iyun, 2012-yil.
Oliy Sud qarorini kutayotgan namoyishchilar, Vashington. 28-iyun, 2012-yil.
AQSh Oliy Sudi prezident Barak Obama tashabbusi bilan qabul qilingan sog’liqni saqlash islohotiga doir qonunni yoqladi.

Hujjatning eng munozarali va muxolifat noroziligiga sabab bandi amerikaliklarni 2014-yilgacha tibbiy sug’urta xarid qilishga majburlashi bo’ldi. Aks holda jarima ko’zda tutilgan.

Qonun tanqidchilari nazarida bu konstitutsiyaga xilof, chunki hukumat mahsulotni aholining xohishiga qarshi olishga majburlamoqda. Islohotlar tarafdorlari fikricha esa bu bilan sug’urta bozorida mijoz ko’payadi va sug’urtasi yo’q amerikaliklarning tibbiy xizmat olishi osonlashadi. Bundaylar 30 milliondan ziyod.

Oliy Sud to’qqiz sudyadan iborat. Besh nafari konservativ, qolgani liberal qarashlarga ega. Sud qonunning yolg’iz shu bandi yoki butun qonunni bekor qilishi mumkin edi, biroq sudyalarning ko’pchiligi uni to’laligicha kuchda qoldirdi.

"Bu juda ham to’g’ri va kerakli qonundir", - deydi prezident. "Yoshlarni tibbiy sug’urta bilan ta’minlash, qariyalarga dori olishda qo’shimcha chegirma berish, sug’urtasi yo’qlarni himoyalash to’g’ri ish bo’ldi. Aks holda bunday odamlar jiddiy kasal bo’lsa, bor-butini muolaja va doriga sarflab, kasodga uchrashi mumkin, deydi Obama tashabbusni himoya qilar ekan".
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG