O'tgan dasturimizda Illinois shtatidagi azim shahar Chikago bo'ylab sayohat qilgan edik. Amerikaning yirik biznes va moliya markazi bo'lmish Chikago va uning atrofida taxminan 400 o'zbek oila yashaydi. Ilm olib, oyoqqa turishga harakat qilayotgan, turli sohalarni egallab, kichik va yirik sanoatlarda, kompaniya va firmalarda ishlayotgan, bu yerda tirikchilik qilib vatandagi yaqinlariga yordam berayotgan, orzu-havasga to'la yoshlar ham ko'p. Chikagodagi O'zbek-Amerika jamiyati tashkil etgan saylda ular bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga muyassar bo'ldik.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG