Obama g'olib, Romni mag'lub/Obama's victory, Romney's concession


Barak Obama prezindentlikka qayta saylanib, kelasi yildan ikkinchi muddatni boshlaydi. Ikki yil davom etgan, milliardlab dollar sovurilgan saylov kampaniyasi shu tariqa nihoyasiga yetdi. Obama g'alabasi, respublikachi Mitt Romni mag'lubiyati bilan Amerika oldidagi murakkab masalalar hal bo'lmaydi. Ikkinchi muddatda Obamani mislsiz muammolar kutmoqda. Prezident ularni hal eta oladimi? Tarqoq Kongress bilan til topisha oladimi? O'z nutqlarida Obama ham, Romni ham partiyabozlikni bas qilib, siyosatchilarni bir yoqadan bosh chiqarishga undadi.

XS
SM
MD
LG