Amerika tarixidan... Emancipation Proclamation 150 years


Amerikani Amerika qilgan hujjatlardan biri 150 yil oldin imzolangan. 1862-yilda ittifoq va konfederatsiya qo'shinlari, ya'ni qulchilikni bekor qilish tarafdori Shimol va quldorlar makoni Janubga qarashli kuchlar Merilend shtatida to'qnashadi. Bu Amerika fuqarolar urushidagi eng muhim janglardan biri bo'lgan. Bu davlat tarixida burilish yasagan kun. Chunki jangdan besh kun o'tib, prezident Avraam Linkoln quldorlikka barham bergan Ozodlik bayonotini chiqargan. 1865-yilga borib, urush tugaydi. AQSh konsitutsiyasiga kiritilgan 13-o'zgartirishga binoan, o'sha yildan e'tiboran, odamlarni qul sifatida ishlatish, pullash jinoyat deb belgilangan. Lekin bu illatdan butkul ozod bo'lish uchun yillar, o'nlab yillar kerak bo'ldi. Bugun Amerika qora tanli rahbar qo'lida, biroq irqchilik va diskriminatsiya tingan desak xato bo'ladi. O'sha qullarning bugungi avlodlari yangi zamonlar kelganini tan oladi, yurtdoshlarini tarixni unutmaslikka chorlaydi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG