Obamani quvvatlaganlar asosan kimlar? US Diversity/Politics


6-noyabrda prezidentlikka qayta saylangan Barak Obama unga ovoz bermagan amerikaliklar dardini tinglashga tayyor ekanini, butun xalqni qiynayotgan muammolarni hal etishga bel bog'laganini aytmoqda. Lekin u respublikachilar hukmron Vakillar Palatasi bilan til topisha oladimi? Topisha olmasa, biror yangi qonun qabul qilinishi va muammo hal etilishi amri mahol. Senat demokratlar qo'lida, Vakillar Palatasi esa respublikachilar iznida ekani va tomonlar bir yoqadan bosh chiqarmayotgani uchun ham mamlakat byudjetsiz kun kechirmoqda. Obamaning Oq uyda qolishida muhim rol o'ynaganlar - xotin-qizlar, ozchilikdagi elatlar va yoshlar bo'ldi. To'rt yil avval ham bu qatlam Obamaga kuchli dalda bergan edi.

XS
SM
MD
LG