AQShning tadbirkor ayollari bilan suhbat/Women owned businesses


Bu yil yozda e'lon qilingan hisobotga ko'ra, ayollar AQShda ishchi kuchining qariyb 47 foizini tashkil etadi. Biznes sohasi egalarining 52 foizdan ortig'i xotin-qizlar. Eng yirik 500 kompaniyaning 14 foizdan ziyodini ayollar boshqaradi. Ularning ta'sis kengashlarida o'tirganlarning 17 foizga yaqini ham ayollar. Amerika iqtisodiyotida kichik xususiy bizneslarning ulushi katta. Ularning uchdan bir qismini ayollar boshqaradi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay tadbirkor xotin-qizlar kun sayin ko'paymoqda.

XS
SM
MD
LG