Afg'onistondagi muxlislarimiz/Uzbek audiences in Afghanistan VOA Uzbek


"Amerika Manzaralari" dasturini nafaqat Markaziy Osiyoda, balki qo'shni Afg'onistonda, ayniqsa o'zbeklar katta sonni tashkil etuvchi shimoliy viloyatlarda sevib tomosha qilishadi, asosan sun'iy yo'ldosh orqali. Biz bir necha yillar davomida Oyna televideniyasida efirga chiqar edik, ammo O'zbekiston hukumati bosimi ostida ushbu kanal biz bilan hamkorlikni to'xtatgan. Shunga qaramay Afg'onistonda muxlislarimiz ko'p. Samangonda Shaharvand FM 87.8 to'lqinlaridamiz, jonli tarzda, har kuni kech 7:30da. Yaqinda ushbu dasturimizning 500-sonini taqdim etganimiz munosabati bilan u yerdan ham ko'plab tabriknomalar, video murojaatlar keldi. Chin dildan minnatdorchilik bildirib, ularni sizning e'tiboringizga havola etamiz.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG