Qizlarni tajovuzdan saqlash yo'lida/Protecting girls from assault


Hindistonda talaba qizga bir guruh erkaklar tajovuz qilib, jinsiy tahqirlagach, bu xabar bir zumda jahon bo'ylab aks-sado berib, xotin-qizlar himoyasi yo'lida ko'plab va'dalar berildi, hujumlar qoralandi. Hind qizi bir necha kun o'tib, qattiq jarohatlardan vafot etdi. Xalqi unga hamon motamda. Jinsiy zo'ravonlik jamiyat, elat va tabaqa tanlamaydi. Dunyoning qayeriga bormang, undan jabr ko'rganlar, uning dahshati bilan yashayotganlar ko'p. Amerikada bu muammoga e'tibor katta, ammo uni butkul bartaraf etish mumkinmi? Kamaytirish mumkin, deydi biz bilan gaplashgan faollar. Dallas Jessup ismli qiz 13 yoshida tengdoshi o'g'irlanib, zo'rlanganiga guvoh bo'ladi. Dugonasi qanchalik xo'rlanganini ko'rgan bu o'quvchi qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilishni o'z hayotiy maqsadi deb belgilaydi. Yillar o'tib u nodavlat tashkilotga asos soladi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG