Feminizm va bugungi zamon/Women's Movement at 50


50 yil avval Amerikada Betti Fridan ismli mutaxassis ayollarning jamiyatdagi roli haqida kitob yozib, kuchli bahs-munozara uyg’otib yuborgan. Oilada ham, ishda ham xotin-qizlarga keng vakolat berish kerak deya odamlarni jinsiy tenglik haqida jiddiyroq o’ylashga undagan. “Ayol sir-sinoati” nomli bu asar 3 million nusxada sotiladi va millionlab qiz-juvonlarni o’z haq-huquqini talab qilishga yetaklaydi. Bugun Qo’shma Shtatlar va umuman dunyoda feminizm haqida tasavvur qanday?

XS
SM
MD
LG