"Sandi Tayms": Isroil va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi hujum rejalamoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal, Riyod, 4-noyabr, 2013-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal, Riyod, 4-noyabr, 2013-yil

Bir vaqtlar bir-biriga dushman bo’lgan ikki davlat – Isroil va Saudiya Arabistoni umumiy bir g’animga qarshi ittifoqqa kirishgan ko’rinadi. Britaniyaning “Sandi Tayms” gazetasidagi maqolaga ko’ra, qirollik va yahudiy davlati Jenevada Eron yadro dasturiga doir xalqaro muzokaralar samara bermasa, Tehronga birgalikda hujum qilish ustida o’ylanmoqda.

Biroq muloqot ish bergan taqdirdayam, Isroil nazarida muzokaralar kun tartibida Eron yadro dasturini butunlay bekor qilish masalasi yo’q. Riyod va Quddus nazarida Tehron yadro quroli ustida ishlamoqda.

O’zini sunniy musulmonlar dunyosining rahnamosi deb bilgan Saudiya Arabistoni shia Eronning mintaqada kuchayishini istamaydi. Qirollik Jeneva muzokaralarini olqishlamaydi va AQShning Eronga qarshi harbiy chorani qoldirganidan norozi.

Gazetaga ko’ra, Riyod Isroil harbiy samolyotlari uchun o’z havo sarhadlarini ochishga rozilik bergan. Saudiya Arabistonining o’zi ham pilotsiz samolyotlari yordamida urushda ishtirok etishi mumkin, deyiladi maqolada.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG