Jurnalistlarni o'ldirganlar kimlar?

  • Amerika Ovozi

Yaqinda Afg'onistonda Associated Press (AP) axborot agentligi muxbiri va fotografi mana bu mashinada nishonga olingan.

Yaqinda Afg'onistonda Associated Press (AP) axborot agentligi muxbiri va fotografi mana bu mashinada nishonga olingan.

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot - Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (CPJ) berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan o'n yilda bir necha yuz muxbir o'ldirilgan. Aksariyatining qotillari hamon erkin yuribdi. Jinoyatlar fosh etilmagan, aybdorlar tutilib, jazolanmagan.

Tashkilot tahlilicha, quyidagi 13 davlatda ahvol ayniqsa harob. Raqamlar o'lgan jurnalistlar va tugallanmagan ter

1. Iraq - 100
2. Somali - 26
3. Filippin - 51
4. Shri Lanka - 9
5. Suriya - 7
6. Afg'oniston - 5
7. Meksika - 16
8. Kolumbiya - 6
9. Pokiston - 22
10. Rossiya - 14
11. Braziliya - 9
12. Nigeriya - 5
13. Hindiston- 7

Qirg'izistonda 2007-yilda jurnalist, "Amerika Ovozi" muxbiri Alisher Soipov otib o'ldirilgan. Sud bir kishini uning o'limida ayblab, jazoga tortgan. Keyinchalik esa tergov ishi qayta ochilib, yana to'xtab qolgan. Soipovlar oilasiga ko'ra, asl qotil erkin yuribdi. Ular hukumatdan yangi tergov boshlab, jadal harakat qilishni so'rab keladi.

Jurnalistlika eng xavfli sohalardan biri bo'lib qolmoqda. Joriy yilning o'zida dunyo bo'ylab 14 muxbir ish paytida halok bo'lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG