Janubiy Sudanda BMT idorasiga hujum

  • Amerika Ovozi

Janubiy Sudanda o’tgan yili prezident Salvaa Kiir va uning muovini Riek Mashar o’rtasidagi ixtilof ketidan BMTning bir necha bo’linmalarida o’n minglab odam jon saqlab keladi.

Janubiy Sudanda o’tgan yili prezident Salvaa Kiir va uning muovini Riek Mashar o’rtasidagi ixtilof ketidan BMTning bir necha bo’linmalarida o’n minglab odam jon saqlab keladi.

Janubiy Sudan rasmiylarining aytishicha, qurollangan odamlar BMT qarorgohiga hujum qilib, kamida 20 kishini o’ldirgan. 60 odam jarohatlangan.

Bor shahrida BMTning 5 ming oddiy fuqaro jon saqlayotgan va xalqaro tinchlikparvar qo’shinlar joylashgan idorasiga qurollangan yoshlar bostirib kirgan.

Amerikaning BMTdagi elchisi Samanta Pauer voqeani qoralab, quroli yo’q tinch aholiga qarshi shafqatsiz hamla deya tanqid qilayapti.

Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar va ittifoqchi davlatlar tergov o’tkazib, bu g’ayriinsoniy hujum ortida turgan odamlarni javobgarlikka tortadi.

Janubiy Sudanda o’tgan yili prezident Salvaa Kiir va uning muovini Riek Mashar o’rtasidagi ixtilof ketidan BMTning bir necha bo’linmalarida o’n minglab odam jon saqlab keladi.

Mamlakatdagi zo’ravonlik 800 ming odamni uyini tashlab chiqishga majbur qilgan. Yomg’irlar mavsumi yaqinlar ekan, yana minglab fuqaro ochlik bilan yuzlashishi mumkin, deya ogohlantiradi BMT.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG