Obama kutilmaganda Afg'onistonda bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Amerika rahbari Barak Obama kutilmaganda Afg'onistonga bordi. Yil oxirigacha qo'shinlar bu mamlakatni butkul tark etadi.

Urush tugayapti, Afg'oniston tarixida yangi sahifa ochiladi, AQSh yordamni to'xtatmaydi, ammo xavfsizlik va taraqqiyotni ta'minlash endi afg'onlarning o'z qo'lida, deydi Obama.

Safardan maqsad, deydi u, urush faxriylari kuni munosabati bilan zobitlarga minnatdorchilik bildirish va afg'on xalqiga uni quvvatlashimizni izhor etish.

Afg'onistonda yangi rahbar kim bo'lishi hozircha noma'lum, lekin maydonda ikki nomzod qolgan: Abdulla Abdulla va Ashraf G'ani. Amerika saylovning hal etuvchi bosqichida kim g'olib bo'lishidan qat'i nazar Kobul bilan yaqindan hamkorlik qilishga bel bog'lagan.

Prezidentligini yakunlayotgan Hamid Karzay bilan imzolanmagan xavfsizlik kelishuvi yangi rahbar tomonidan qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Murosa uchun hamon imkoniyat bor, deydi rasmiylar.

Hujjat imzolangan taqdirda AQSh bir necha yuz sonli harbiy kuch qoldirishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi mahalliy kuchlarga yordam berish, malakasini oshirish va maxsus amaliyotlarga hissa qo'shish bo'ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG