Saudiya Arabistoni va AQSh Suriya muxolifati bilan maslahatlashdi

  • Amerika Ovozi

Jidda, Saudiya Arabistoni, 27-iyun, 2014

Jidda, Saudiya Arabistoni, 27-iyun, 2014

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistonida Suriya muxolifati yetakchilari bilan muzokara olib bordi.

Iroq va Suriya chegarasi ochiq va himoyasiz ekan, mintaqa kun sayin notinch. Kerri fikricha terrorizmga qarshi kurash har doimgidan ham dadilroq bo’lishi kerak.

Suriya muxolifati lideri Ahmad al-Jarba Amerika va Saudiya Arabistonidan yordamni oshirishni so’ramoqda.

“Bizning kuchlarimiz bir tomondan Bashar al-Assad armiyasiga, ikkinchi tomondan esa al-Qoida bilan aloqador ekstremist jangarilarga qarshi jang qilmoqda”,- deydi al-Jarba.

Iroq va Shom islomiy davlati degan guruh hozir mintaqada asosiy dushmanga aylangan. AQSh ularga zarba berishda mo’tadil kuchlarga, jumladan Suriya muxolifatiga tayanmoqchi. Oq uy ularni treningdan o’tkazish uchun 500 million dollar ajratmoqda.

Jiddadagi muzokaralar uzoq davom etdi. Saudiya Arabistonining jangarilarga so’zi shuki, ko’mak tinmaydi va kerak bo’lsa, oshiriladi.

Inson huquqlari tashkilotlarining aniqlashicha, Tikritda Iroq va Shom islomiy davlati vakillari qator qatliomlar sodir etgan. Buni isbotlovchi videolar bor. 11 va 14-iyun kunlari Tikritda 200 ga yaqin begunoh fuqaro yoppasiga o’ldirigan.

Iroqda esa yangi hukumat tuzish ustida harakat ketmoqda. U o’z ichiga sunniy va shialarni, shuningdek, kurdlarni ham olishi lozim.

Bosh vazir Nuri al-Malikiy bunga qarshi lekin G’arb bosimi ostida.

Jon Kerri Yaqin Sharqdagi uchrashuvlarida Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning rahbarlarini Iroqni birdamlikka undab, sunniylarga qarshi siyosatni bas qilishga ko’ndirishni so’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG