Iroq: Amerika so'raganimizni bermasa, Rossiya bor


Jangarilar Suriya va Iroqda xalifalik e'lon qildi. Amerika nazarida bu quruq e'lon, xalifalik haqiqatda tuzildi degani emas.

Jangarilar Suriya va Iroqda xalifalik e'lon qildi. Amerika nazarida bu quruq e'lon, xalifalik haqiqatda tuzildi degani emas.

Iroqda xalifalik e’lon qilgan guruh Bag’dod tomon yurishni davom ettirmoqda. Hukumat nima qilarini bilmaydi. Yordam kerak, deydi rasmiylar. Uni esa nafaqat Amerika balki Rossiya ham berishi mumkin.

Bag’dodning umidi hozir Amerika emas, Rossiyadan. Ko’mak zarur, deydi general-leytenant Anvar Hamma.

“Qiruvchi samolyotlar kutayapmiz, Rossiya beradi ularni. Terroristlarni qiramiz”.

Iroq hukumati AQShdan bu borada qayta-qayta yordam so’radi – “havo hujumlari qiling”, deb.

Iroqning Vashingtondagi elchisi Luqmon Failiy Amerikani irodasizlikda ayblaydi.

“Madad so’rab turibmiz, indashmaydi. Amerika bermasa, boshqalar bor, jumladan, Rossiya. Ular jon deb bu bo’shliqni to’ldiradi”,- deydi diplomat.

Iroq poytaxtida xavfsizlikni ta’minlash eng dolzarb vazifa, deydi AQSh rasmiylari. “Iroq va Shom islomiy davlati” deb atalmish to’da butun mintaqaga xavf solmoqda, deya tan oladi ular.

Pentagondan admiral Jon Kirbi:

“Iroq va Shom islomiy davlati” Bag’dodga shimol va g’arbdan hujum qilish niyatida, bu bizga ma’lum”.

“Iroq va Shom islomiy davlati” Suriya bilan chegaradosh hududlarni o’z nazoratiga olgan. Qurol-aslaha omborlarini ham qo’lga kiritgan. Musulmonlarni jihodga qo’shilishga undamoqda.

“Xalifalik e’lon qilishganini bilamiz, ammo bu quruq e’lon, haqiqat emas”,- deydi admiral Kirbi.

Amerika Iroqqa 300 zobit yuborgan. Dronlar va vertolyotlarni ham safarbar etishga shay. Vashington qarab turgani yo’q, deydi mutasaddilar.

Asosiy vazifa - AQSh elchixonasi, amerikaliklar va Bag’dod aeroportini himoya qilish.

Iroqning noroziligi haqida so’ralganda, Amerika rasmiylari “vaziyatga qarab ish tutamiz” deya javob beradi. Tahdid va talab o’rganilmoqda.

Iroq hukumati istagan tomon bilan hamkorlik qilishi mumkin, muhimi ular yordamida mamlakat barqarorlik tomon yo’nalsin, urush emas, deya bildiradi Oq uy.

XS
SM
MD
LG