Breaking News

Tolibon yonilg'i tankerlariga o't qo'ydi


Afg'oniston poytaxti yaqinidagi manzara
Afg'oniston poytaxti yaqinidagi manzara

Afg’oniston poytaxti yaqinida yonilg’i tankerlariga o’t ketgan. Yuzlab mashinalar haqida gap ketmoqda. Kobulga yetay deb qolgan vositalar to'xtab turganida birdaniga yona boshlagan. Tolibon xuruji, deydi rasmiylar.

Jangarilarning o’zi ham bu ularning ishi ekanini tan olib, hukumat hali bundan ham battar kunga tushadi deya ogohlantirmoqda.

Tolibon yonilg’I ta’minotiga tez-tez hujum qilib turadi. Tankerlar NATOniki bo’lganmi yoki yo’q, bu ma’lum emas.

NATO Afg’onistonni yil oxirigacha tark etadi. Amerika 10 mingga yaqin askar qoldiradi va 2016-yil oxiriga borib, ular ham chiqib ketishi rejalangan. Ko’p narsa, Afg’onistonning yangi prezidenti qiladigan qarorlarga bog’liq.

Yaqinda o’tgan saylov natijalari hamon aniq emas. Yangi rahbari yo Ashraf G’ani yo Abdulla Abdulla bo’ladi. Abdulla Abdulla fikricha, saylovda soxta ovozlar berilgan va natijaga ishonch yo’q.

Kobul yaqinida
Kobul yaqinida

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG