Missuri shtati tug'yonda

  • Amerika Ovozi

Missuri shtati, 15-avgust, 2014

Missuri shtati, 15-avgust, 2014

Bir hafta oldin Missuri shtatining Ferguson shaharchasida oq tanli politsiyachi qora tanli yigitni o’tib o’ldirganidan beri Amerikaning bu qismi oromini yo’qotgan. Har kuni namoyish, norozilik chiqishlari, g’alayon, politsiya bilan olishuv.

Kecha ommaga taqdim etilgan videoda o’ldirilgan yigit, 18 yoshli Maykl Braun do’konda o’g’rilik qilayotgani ko’rsatilgan. Braun magazin egasi bilan olishganini ko’rasiz. Voqea 9-avgust kuni ro’y bergan. Yigit saldan keyin o’ldirilgan.

Qora tanli aholi politsiyani irqchilikda ayblab, Maykl Braun o’g’rilik qilgan taqdirda ham uni o’ldirish qotillikdir deydi.

Bu ish yuzasidan federal tergov boshlangan. Mahalliy politsiya elakdan o’tkazilmoqda. Lekin aholini bu bilan tinchlantirish qiyin. Prezident Barak Obama va boshqa liderlar jamoatchilikni sabr-toqatli bo’lishga, qonun ustuvorligi va adolat ta’minlanishiga ishonishga undamoqda.

Fergusonda 21 ming aholi yashaydi, aksariyati qora tanlilar. Politsiyada esa asosan oq tanlilar ishlaydi. Kuchli qurollangan bu tizim ko’p hollarda afro-amerikaliklarga nisbatan haddan tashqari zo’ravon degan shikoyat yangramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG