AQShda olti kishi "Islomiy davlat"ga qo'shilmoqchi bo'lganlikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh prokurori Endryu Luger (o'ngda) va FBR agenti Richard Tornton Minneapolisdagi matbuot anjumanida shu haqda e'lon qilmoqda, 20-aprel, 2015-yil

AQSh prokurori Endryu Luger (o'ngda) va FBR agenti Richard Tornton Minneapolisdagi matbuot anjumanida shu haqda e'lon qilmoqda, 20-aprel, 2015-yil

AQShning Minnesota shtatida hukumat agentlari olti kishini hibsga olgan. Ular Suriyaga borib "Islomiy davlat" jangari guruhiga qo'shilishni rejalaganlikda ayblanmoqda.

Barchasi shtatda yashovchi somalilik jamoa a'zolari. Ularga, shuningdek, terrorchilarga moddiy yordam berishga uringanlik aybi ham qo'yilmoqda.

AQSh prokurori Endryu Lugerning aytishicha, oltovlon 10 oydan beri AQShni tark etib, "Islomiy davlat"ga qo'shilishni rejalagan.

Ularning yoshi 19 va 21 o'rtasida, barchasi bir-biriga do'st, tanish. To'rt nafari Minnesotaning Minneapolis, ikkisi esa Kaliforniyaning San-Diyego shahrida qo'lga olingan.

Ayblovnomaga ko'ra, ular Nyu-York va San-Diyegodan avval Turkiyaga, so'ng u yerdan Suriyaga borishni rejalagan.

Rasmiylarga ko'ra, ayni damda 100 dan ziyod amerikalik Suriyaga shu maqsadda borgan, o'ndan ziyodi Minnesotada yashagan somalilik erkaklar va ayollar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG