Rays: Kiber-josuslik AQSh-Xitoy aloqalarini buzayotgan katta muammo


Prezident Obamaning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Syuzan Rays

Prezident Obamaning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Syuzan Rays

AQSh rahbari Barak Obamaning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Syuzan Raysning aytishicha, AQSh-Xitoy aloqalariga eng katta soya solayotgan masala - kiber-josuslik.

Raysning bayonoti Xitoy rahbari Si Zinpinning Vashingtonga tashrifidan uch kun oldin yangradi.

Ekspertlarning aytishicha, Prezident Barak Obama Xitoy rahbari bilan muloqotda kiber xurujlar mavzusiga ham alohida to'xtaladi.

Shuningdek, global iqtisodiyot va Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy nizolar ham muhokama qilinadi.

Syuzen Rays Xitoydagi inson huquqlari bo'yicha vaziyatni ham tilga oldi.

"Huquqshunoslarni, jurnalistlarni va korrupsiyaga qarshi faollarni hibsga olish Xitoyning barqaror davlat qurish vabu yo'ldagi mummolarni bartaraf etish bo'yicha obo'siga putur yetkazadi", - dedi Rays.

Prezident Obama ham o'tgan hafta Xitoyni AQSh kompaniyalarining savdo sirlarini o'g'irlayotganlikda ayblab, bunday faoliyatni bosqinga tenglashtirgan edi.

XS
SM
MD
LG