Afg'oniston va Pokistonda kuchli zilzila, qurbonlar bor

  • Amerika Ovozi

Pokistonning Peshovar shahri zilziladan so'ng, 26-oktabr, 2015-yil

Pokistonning Peshovar shahri zilziladan so'ng, 26-oktabr, 2015-yil

Bugun Hindukush tog'larida 7,5 bal kuchga teng zilzila ro'y berib, Afg'oniston shimoli va Pokiston shimoli-g'arbida 350 dan ziyod odam o'lgan.

Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida shu daqiqaga qadar 140 dan ziyod kishining nobud bo'lgani ma'lum, jarohat olganlar 1000 dan oshgan.

Pokiston armiyasi qutqaruv ishlarini olib borish uchun hududga askar va vertolyotlarni safarbar etgan.

Afg'onistonda esa 28 odam o'lgan, biroq qurbonlar bundan-da ko'p bo'lishi kutilmoqda. Taxar viloyatidagi bir maktabda o'quvchilar zilziladan so'ng vahimaga tushib, tiqilinchda 12 o'quvchi jon bergan.

Zilzila O'zbekistonda ham sezilgan. Hukumatning bildirishicha, jabrlanganlar yo'q. Lekin uning bir necha soniya davom etganini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilayotganlar ko'p.

Pokiston tog'larida silkinish oqibatida yer ko'chib, Pokistonni Xitoyga ulovchi trassa besh joyda to'silib qolgan.

Qo'shni Hindistonda ham imoratlar silkingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG