Stalin davridan qolgan imoratlar hamon Moskva ko'rki

  • Amerika Ovozi

O’tgan chorak asr davomida Rossiya poytaxti o’zgacha ko’rinishga kirdi. Dunyoning zamonaviy shaharlaridan qolishmaydi. Jahondagi eng qimmat markazlardan biri. Lekin eski imoratlarni saqlab qolishga urinayotganlar ko’p. Stalin davridan qolgan, 1920-yillarda qurilgan binolar buzilmasin, deydi bu guruhlar.

Sayyohlar ayrim hollarda Kreml, Qizil maydon va ibodatxonalarga emas, ko’pchilik e’tibor bermaydigan dargohlarga boradi.

“Rossiyada avangard uslubdagi imoratlar ko’p va ularga ahamiyat sust. Stalin davri haqida ko’p gapiramiz lekin u paytlarda bunyod etilgan inshootlar burnimizning tagida, bilmaymiz”, -deydi Dmitriy, havaskor me'mor.

Stalinist binolar orasida, Moskvada eng tanilgani balki “Yetti opa-singil” degan majmua. Ochiq tarix va yaxshi muhofaza qilingan, deydi mutaxassislar.

1920-yillarga xos avangard me’morchilik namunalari o’sha davrdagi texnologiya, bilim va tajribadan darak beradi - o’sha paytdagi eng zamonaviy binolar.

“Bir jihatdan imperiya qudratini aks ettiruvchi ko’rinishlarga ega. Boshqa tomondan esa yangi zamon belgilarini ko’rasiz. Ustunlar, modernist bezaklar… Har kuni ularning oldidan o’tamiz. Kamdan-kam odam ularga qarab, tarix haqida o’ylaydi. Qadri yo’q bularning”, - Aleksandra Selivanova, Avangard markazi rahbari.

Hozirda yangi imoratlar uchun joy kerak deb eskilarini buzish tashlashayapti.

Shu kunlarda Sovet Zil avtokorxonasini turarjoyga aylantirish loyihasi ustida ish ketmoqda. Quruvchilar nazarida bu ijobiy qadam.

“Arzigulik qismini buzmaymiz, aksincha, tiklaymiz. Borini saqlab qolamiz. Bog’cha va kvartiralar bo’ladi bu yerda. Albatta bu maydonda yangi binolar ham qad ko’taradi. Talab bor ularga. Lekin tarixni ham e’zozlaymiz”,- deydi Yuriy Ilyin, qurilish kompaniyasi vakili.

Moskva bosh me’mori Serey Kuznetsov fikricha, o’tmishni qadrlamaymiz deb nolish asossiz. Shaharda biror joyni buzish yoki tekislash uchun ruxsat olish juda qiyin, deydi u.

“Yangi imoratlar biror tarixiy ahamiyatga ega bino o’rniga qurilayotgani yo’q. Bu masalaga jiddiy qaraymiz. Ikkinchidan, biror bir mashmashaga ham guvoh emasmiz. Yangi qurilishlarni omma quvvatlaydi”,- deydi Kuznetsov.

Shunisi aniqki, Moskva ahli Sovet avangardi saqlab qolinishini xohlaydi. Shu bilan birga zamonaviy komplekslarni ham olqishlaydi. Shaharda turarjoy yoki ko’chmas mulk topish oson emas, topilsa ham juda qimmat.

Aholi soni oshar ekan, Moskvaning husni, yo’llari, uy va idoralari ham o’zgarib boraveradi. Muhimi, yashash qulay bo’lsin, deydi me’morlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG