Amerikada yuzlab ming vyetnamlik yashaydi

  • Amerika Ovozi

1975-yilda Vyetnam urushi tugaganidan so’ng Texas shtatining Xyuston shahrida kattagina jamoa vujudga keldi. U yerda hozirda 100 ming vyetnamlik yashaydi. Nasibamiz shu yerda ekan, deydi muhojirlar “Amerika Ovozi” bilan muloqotda.

Vatandoshlarning yig’iniga borgan odam vatandoshlarni ko’radi-da. Vatanga xos taom va madaniyat.

Oshpazlar - ko’ngilli xizmatchilar. Ona yurti ovqatlarini jon deb pishiradi.

Bunday tadbirlarni o’tkazish uchun mablag’ni mahalliy cherkov ajratadi, a’zolarining ko’pi vyetnamliklar.

Minglab muhojirlar keladi har yili - turli yoshdagi odamlar.

“Vyetnam desangiz, Xyustonda hamma biladi. To’yib ovqatlanib ketasiz, madaniyat bilan tanishasiz va vatandoshlar diydor ko’rishadi”, - deydi suhbatdoshlardan biri.

Havo hamisha talabga javob beradi.

“Xyuston shahrini o’zim tug’ilgan yurtimga o’xshataman, ayniqsa havosini”,- deydi muhojirlardan biri.

Ingliz tilini bilmay hamon qiynalib yurgan vatandoshlarga Kit Robinson Nguyen deydiki, odamlar ko’p hollarda befarq va beparvo.

“Vyetnamlik doktorlar, o’qituvchilar, advokatlar… Amerikada ulkan yutuqlarga erishgan qatlam. Lekin ularning ham maslahati ogohlik.

Suhbatdoshimizni yoshligidan amerikalik oila boqib olgan.

“Ona tilimni bilmas edim. Madatniyatimizni tushunmas edim. Vatandoshlarning yig’inlariga borish azob edi, chunki hech narsa tushunmas edim. Qiynaldim rosa”.

Tilni boshida qadrlamagan odam keyinroq qiynalib bo’lsa-da, o’rganadi, deydi jamoa yetakchisi Kim Nguyen.

“Hamma bir-biriga yordam beradi”.

Katta yoshdagilarning ko’pi inglizchani bilmaydi.

Til bilmasangiz, juda bo’lmaganda, madaniy tadbirlarda qatnashish kerak, deydi faollar. Ozgina bo’lsa-da bilgan foyda.

Cherkovga boradigan odamlar nafaqat ibodat qilib, hordiq chiqaradi, balki bu maskanlar ijtimoiy markazlar bo’lib, elga xizmat qiladi, deydi jamoa lideri Kim Nguyen.

Muhojirlar Amerika hayotiga va madaniyatiga ta’sir o’tkazib keladi.Lekin ular ham yangi mamlakatda o’zgaradi. Muvaffaqiyat muvozanatda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG