Din

Shibirg'onda turk masjidi qad ko'tarmoqda


Shibirg'on, Afg'oniston

Shibirg'on, Afg'oniston

Turkiya Afg’onistonning Shibirg’on shahrida usmoniylar davriga xos uslubda masjid qurmoqda. Uch yarim million dollarlik inshoot.

TIKA, Turkiya Xalqaro Hamkorlik va Rivojlanish Agentligi yordami bilan bunyod etilayotgan imorat 3500 namozxonga mo’ljallangan. Ikki qavatli. Birinchi qavati erkaklar, ikkinchi qavati ayollar uchun.

Masjidning qurilish ishlarini olib boruvchi Karim Rasul shirkati vakili Hoji Hafizullo Rasuliy:

“Masjidning qurilish ishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bir oyda tugab, topshiriladi. Kerakli narsa-buyumlarni boricha Afg’onistondan tayyorlaganmiz. Topilmaganini Turkiya va Erondan olib kelganmiz. Ishlarni afg’on va turkiy injenerlar olib bormoqda”.

Masjid keng joyda qurilgan. Ichida yangi park yaratilib, o’tirg’ichlar o’rnatiladi. Do’konlar ham bo’ladi. Imorat ilg’or texnologiya bilan ta’minlanadi.

“Bu masjid standart shaklda qurilgan. Hatto mayitni yuvish uchun ham joy ajratilgan. O’ylaymanki, Afg’onistonda boshqa masjidlarda bunday bir imkoniyat yaratilgani yo’q. Ichida 24ta do’koni bor”,- deydi Rasuliy.

Mazkur masjid bir tomondan Shibirg’on uchun madaniy ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan shahar qiyofasini o’zgartirishi aniq.

Shibirg’on ahli Turkiyadan minnatdor.

Anqara yordami bilan Afg’onistonda qator maktablar, shifoxonalar, shuningdek, masjidlar qurilgan.

XS
SM
MD
LG