Din

AQShning Islom hamkorlik tashkilotidagi vakili O'zbekistonga boradi

  • Amerika Ovozi

Buxoro

Buxoro

Islom hamkorlik tashkilotida AQShning maxsus elchisi Arsalan Sulaymon 17-22 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

U Toshkentda bu organga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etadi.

Arsalan Sulaymon, AQShning Islom Hamkorlik Tashkilotidagi elchisi

Arsalan Sulaymon, AQShning Islom Hamkorlik Tashkilotidagi elchisi

O‘zbekistonda maxsus elchi yuqori lavozimli rasmiylar va diniy yetakchilar bilan ham uchrashadi.

Shuningdek, u Toshkent Islom universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan ham ko‘rishadi.

Poytaxtdan tashqari Sulaymon Samarqand va Buxoroga ham borib, O'zbekistonning madaniy va diniy merosi bilan tanishadi.

1967-yilda tuzilgan Islom hamkorlik tashkilotiga 57 davlat a'zo, shu jumlanda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari.

Organning maqsadi - dunyo bo'ylab hamkorlikda tinchlikni targ'ib qilish va musulmonlarning manfaatlarini himoya qilish.

Islom Hamkorlik Tashkilotiga 57 davlat a'zo, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari

Islom Hamkorlik Tashkilotiga 57 davlat a'zo, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG