Hillari Klinton mag'lubiyati xotin-qizlar ruhini cho'ktirmadi

  • Amerika Ovozi

Tajribali va zukko siyosatchi Hillari Klinton Amerikaning ilk ayol prezidenti sifatida saylana olmagani ko’plab yurtdoshlari nazarida tarixiy mag’lubiyat, o’ziga xos fojia. Feminizm, ayol va erkak teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’lishi shart va bu tabiiy talab deya ishonadigan odamlar nazarida Klintonning boy berganini yoshlarga, ayniqsa qizlarga tushuntirish va ularni faol fuqaro bo’lishga undash bugun yanada qiyinlashgan.

Klinton albatta yutadi va yutishi kerak, deya ishongan qizlar shokda… AQSh bu safar ayol kishini rahbarlikka tanlash imkoniyatiga ega, nihoyat o’sha paytlar ham keldi, deb ishonishgan edi.

“Hayot o’zgarmoqda. Qizlarim o’ziga judayam ishonadi va prezident ayollardan ham chiqishi mumkin ekanini biladi”.

Hillari Klinton mag’lubiyat nutqida qizlarni umidni boy bermaslikka, tirishqoqlikka undadi.

“O’z qadringizni biling. Kuchingizga ishoning. Har bir imkoniyatdan to’g’ri foydalanishga harakat qiling. Dunyo sizning qo’lingizda, orzularga erishish mumkin”.

Saylov natijalariga yaqindan nazar tashlasak…

Jinsiy tafovut kuchli. Erkak saylovchilarning 53 foizi respublikachi Donald Trampni tanlagan. Ayollarning 42 foizi ham unga ovoz bergan.

David Shultz - siyosatshunos.

"Haqiqat shuki, amerikaliklarning katta qismi hali ham ayol prezidentni saylashga tayyor emas. Ayol nomzodga yo’q deyishadi”.

20-asr boshida Elizabet Stenton Amerika ayollari ovoz bera olishi uchun kurashgan. Kolin Jenkins uning avlodi.

“U “endi nima qilasiz”, deb so’ragan bo’lar edi”,- deydi Jenkins.

Tramp tarafdorlaridan ayrimlari uchun gap jinsda emas.

“Ayol prezidentga yo’q demayman, lekin avvalo ishonchimni qozonsin”, deydi ular.

Klinton boy bergani AQSh xotin-qizlari uchun yo’l yopildi degani emas.

“Siyosiy maydon ochiq. Harakat qilaverish kerak. Faolmiz.”

Amerikada xotin-qizlar ovoz berishni boshlaganiga bir asr bo’lmoqda. Oq uyga bir kun ayol kishi albatta saylanadi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG