Breaking News

Qozog'iston chegarachisi O'zbekiston fuqarosini otib o'ldirgan


Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O`zbekiston fuqarosi Muhabbat Saidnazarova Qozog`iston chegarachisi tomonidan otib o’ldirilgan.

Mast holatdagi qozoq chegarachisi Qozog`iston hududidagi Turkiston mahallasida qishloq xojaligi ishlari bilan band bo`lgan O`zbekiston fuqarosi Husanboy Saidnazarov oldiga kelgan va unga yerga yotishni buyurgan. Saidnazarov Qozog`iston chegarachisidan bezorilikni bas qilishni so`ragan.

"Bunga javoban Qozog`iston chegarachisi Saidnazarov oilasi yashayotgan uy tomonga qarab ikki bor o`q uzgan. Shu o’qlardan biri Saidnazarovning turmush o`rtog`i Muhabbat Saidnazarovaga tekkan. U olingan jarohatdan halok bo`lgan” deb xabar qiladi O`zbekistondagi press-uz. info agentligi O`zbekiston milliiy xavfsizlik xizmatiga tayanib.

Bu borada Qozog`istoning O`zbekistondagi echixonasidan ma’lumot olish imkoniyati yo’q. Elchixona xodimining aytishicha, matbuot bilan aloqa qiluvchi vakil yaqin ishda bo’lmagan.

Qozog`iston rasmiylari mazkur hodisadan taassufdaligini va cherachiga nisbatan tergov harakatlari boshlanganini bildirgan.

Kuzatuvchilar so`nggi paytda Qozog`istonda ish izlab kelgan o`zbeklarga nisbatan munosabat keskinlashayotganini aytadi.

Jamiyatshunos Komron Aliyev fikriga ko`ra, so’nggi paytda Qozog`iston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari ittifoqini tuzish tashabbusi ko`tarilayotgan bir paytda hukumatlar siyosiy munosabatlar yordamida ikki xalqni yaqinlashtirish choralarini ko`rishi lozim.

“Birinchi navbatda cheragadan o`tish jarayonini yanada osonlashtirish kerak. Cheraga postlarida ikki xalqni bir-biriga yaqinlashtirib, mojarolarni imkon qadar yaxshi yo`llar bilan hal etishga harakat qilish lozimligi to`g`risida ko`rsatmalar bo`lishi kerak. Olimlar ishtirokidagi konferensiyalar, madaniy bordi-keldilar kuchaytirilishi lozim”, - deydi u.

Hozirgacha O`zbekiston davlat chegarasi faqat Qozog`iston bilan vizasiz tartibda faoliyat yuritadi. O`zbekiston va Qozog’iston chegarasida yuz bergan otishmalar tufayli qurbon bo`lganlar soni o`ndan o`shgan.

XS
SM
MD
LG