Breaking News

Huquq faollari Yevropa Ittifoqi qarorini yoqlamoqda


Muxolifat vakillari esa aslida rasmiy Toshkent bayonoti asossiz degan fikrida.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fikricha, Yevropa Ittifoqi xulosasiga inson huquqlari tashkilotlarining asossiz bayonotlari, ayrim noxolis axborot vositalarining O`zbekistonga uyushtirgan axborot xurujlari sababchi bo’lgan.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ittifoq xulosasini asossiz, noxolis deb hisoblaydi.

O`zbekistondagi nohukumat tashkilot vakillari hukumat bayonotining asossiz degan fikrda.

Muxolifatdagi “Ozod dehqonlar” partiyasi raisi Nigora Hidoyatova:

“Andijon fojealaridan keyingi sud jarayonlarini 1937 yilgi Moskva qatag`onlariga qiyoslash mumkin. Sud mustaqil bo`lmagan bir sharoitda barcha qarorlar prezident devonida va milliy xavfsizlik xizmati ishtirokida qabul qilinadi, sud jarayonlari adolatsiz o`tgan”, - deydi Hodoyatova.

Uning ta’biricha, Andijon fojealarini o`rganish uchun xalqaro komissiya ish boshlashiga ruxsat berilmas ekan, fojea tafsilotlari noaniqligicha qolaveradi

“Bir narsani aniq aytish mumkin Andijon fojealari mamkatdagi vaziyatga xolis munosabat sifatida qalqib chiqdi. Andijonda xalq isyoni bo`lib o`tgan edi”, - deydi Hidoyatova.

Andijon fojealarini yoritshga harakat qilgan jurnalistlar ko`p, deydi mustaqil jurnalistlardan biri. Lekin Andijon jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq shaharga aylangan. Imkon topib shaharga kirgan jurnalistlar shahardan chiqarib yuborilgan. Ayrim jurnalitslardan yozuv lentalari tortib olingan.

U Tashqi ishlar vazirligining jurnalistlarga nisbatan e`tirozidan ajablanishini bildiradi.

Huquq himoyachilari fikriga ko`ra, bugun Andijon fojealari bo`yicha ochiq gapiruvchi faollarning o`zi qolmagan, fojeaga guvoh bo`lgan huquq himoyachilari qamoqqa tashlangan, ayrimlari mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`lgan.

Andijonda hukumat qo`shinlari tinch aholini o’qqa tutgani haqida gapirgan. Voqealar guvohi bo`lgan huquq himoyachisi Saidjahon Zaynobiddinov fojealardan sal o`tib hibsga olingan edi.

Zaynobiddinovning og`li Mo`minjon otasi bilan uchrashishga ruxsat berilmaganiga bir yildan ko`p vaqt bo`lganini aytadi.

“Ko`rgani borsak, hozir qayta tergov qilinayapti, ruxsat berilmaydi deyishgan”, - deydi Mo`minjon.

Ma`lumotlarga ko`ra, Zaynobiddinovning firibgarlikda ayblanib, qamoqqa olingan o`gli Ilhom Zaynobiddinov qamoqxonada o`gir operatsiyani boshdan kechirgan. U qamoqdagi bir mahbus bilan olishib, qattiq jarohatlangan. Operatsiya natijasida Ilhomning qoratalog`i olib tashlangan.

“Sangarodga olib kelishgan, operatsiya qilishgan, uch litr qon yo`qotgan, hozir o`ziga kelayapti”, - deydi Ilhom Zaynobidinovning ukasi Mo`minjon.

XS
SM
MD
LG