Qirg'iziston Amerika matbuotida

  • Alisher Xamidov

Amerika matbuotiga ko'ra Qirg'izistondagi vaziyat mamlakat qonunlari va konstitutsiyasida belgilangan huquqiy asos doirasida hal etilishi lozim.

Unda yozilishicha, Qirg`izistonda 27 fevral va 13 mart kunlari bo`lib o`tgan parlament saylovlari tufayli ushbu mamlakatda yuzaga kelgan qarama-qarshilik va aholining ommaviy chiqishlarining sabablari mamlakatdagi iqtisodiy muammolar, qolaversa korruptsiya va avtoritarism omillaridan iborat.

Taxlilchilar Qirg'izistondagi vaziyat mamlakat qonunlari va Konstitutsiyasida belgilangan huquqiy asos doirasida hal etilishi lozim, deb ta'kidlamoqdalar. Siyosiy sharxlovchilarga ko'ra, Qirg'izistondagi hodisalar - global domino effektining ta'siri. Lekin bir necha gazeta va jurnallarda Qirg'izistonda roy bergan o'zgarish Gruziya va Ukraina inqiloblariga o'xshamasligi haqida ham fikrlar bildirilmoqda. Gruziya va Ukrainada ommaviy chiqishlar aniq rahbarlarga ega bo'lgan va puxta tashkillashtirilgan edi.

AQSh gazetalariga ko'ra, bu inqilobning oqibatlari hali aniq emas. Demokratiya uchun yana bir bor imkoniyat yaratilib berilganiga qaramasdan, islomiy radikal guruhlarning kuchayib ketishi mumkinligi kuzatuvhchilarni xavotirga solmoqda. CNN telekanalida, Nyu York Tayms gazetasida va boshqa gazetalarda ushbu xavotirlanish takror aks ettirilmoda. Hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar elatlar va millatlar aro munosibatlarga, qolaversa, Qirg'izistonning shimoliy va janubiy mintaqalari orasidagi munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb, Amerikaning ba'zi jurnalistlari fikr bildirmoqdalar. Sharxlovchilarning taxliliga ko'ra, anarxiyaga chek qo'yish, jamiyatda intizomni qayta tiklash - yangi hukumat uchun eng muhim sinov.

Inqilobdan so'ng, muxolifat kuchlari birlikni kuchaytirmoqdalar, lekin muxolifat rahbarlarining orasidagi nizoga haligacha barham berilgani yo'q. Kuzatuvchilarga ko'ra, bu nizolar yaqin kelajakda yanada kuchayishi mumkin. Ayniqsa, bir necha oydan so'ng bo'lib o'tadigan prezident saylovlaridan oldin, muxolifat guruhlarinining rahbari Kurmanbek Bakiev va yaqinda qamoqdan chiqqan taniqli muxolifatchi Feliks Kulov orasida siyosiy kurash boshlanishi kutilmoqda.

24 mart kuni respublika Oliy sudi parlament saylovlari natijalarini bekor qiligan. 14 aprelda mandati qayta tiklangan eski parlamentning vakolatlari tugaydi. Yangi saylangan parlament a'zolari bilan mandati qayta tiklangan parlament a'zolari o'rtasida baxs-munozaralar kuchaymoqda. Vakolati tugayotgan parlamentning huquqiyligi ba'zi kuzatuvchular tomonidan gumon qilinmoqda. Yangi hukumatning oldidagi muhim bir muammo ommaviy chiqishlarning Qirg'iziston iqtosodiyotiga bo'lgan salbiy ta'siridir. Agarda yangi rahbariyat jamiyatda intizom va tartibni zudlik bilan tiklay olmasa, mamlakat iqtisodiyoti yanada zaiflashadi va bu qo'shni respublikalarga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Qirg'iziston inqilobining qo'shni respublikalarga, qolaversa MDH davlatlariga bo'lgan ta'siri g'arb jurnalistlarining diqqatini tortmoqda. Ba'zi gazetalarga ko'ra, qirg'iz inqilobi Markaziy Osiyoda avtoritar rahbarlarning xavotirlanishiga sabab bo'lmoqda.

Matbuotdagi tahliliy materiallardagi bir xulosa - Qirg'iziston yangi hukumati barcha siyosiy guruhlar orasidagi birlikni kuchaytirishi lozim. Islomiy radikalizm kuchlariga yo'lni ochib bermaslik uchun, iqtisodiy va boshqa muammolarni tezroq hal qilish kerak. Yana bir xulosa aniq takidlanmoqda. Agarda hukumat intizomni qayta tiklay olsa, siyosiy guruhlar orasidagi nizolar yechilsa, Qirg'iziston Markaziy Osiyoning eng pluralist siyosiy tizimiga aylanishi aniq. Agar hukumat ushbu maqsadlarga erisha olmasa, davlat yanada zaiflashadi va islomiy radikal tashkilotlar yanada kuchayadi.

XS
SM
MD
LG