Breaking News

Yurak klapanini jarrohlik amaliyotisiz almashtirish mumkin


76-yoshli Fred Grandning yuragi shu qadar xastalandiki, o’rnidan tura olmay qoldi.

Uning ko’kragi qisa boshladi, nafasi yetishmasdi...balki hayotim tugayotgandir, deb o’ylagandi. "Xotinimga peshonamizga yozilgani shu ekan, kunim bityapti, dedim,"-deya eslaydi u.

Gap shundaki, janob Grandga yurak klapani kerak edi. Uning ahvolini tekshirgan shifokorlar, operatsiya kamida 30 foiz holda xalokatli tugashi mumkin, deyishdi. Doktor Vilyam Onil Grandda yangi tajriba o’tkazishga qaror qildi. Klapanni uning yuragiga hech qanday amaliyotsiz o’rnatmoqchi ekanini aytdi.

"Bu mening jarrohlik faoliyatimdagi eng murakkab tajriba bo’ldi,"-deya hikoya qiladi janob Onil. "Natijada, biz endi avval shifosi yo’q deb qaralgan hollarni mana shu yangi usul orqali tuzatyapmiz."

Mana bu Grandning yuragiga qo’yilgan klapan. Shifokorlar uni o’rab, qalam shakliga keltirishdi. Keyin uni uzun, bukiluvchan naychaga yopishtirib, bemorning sonidagi venasiga kiritishdi. Klapanni uning yuragi tomon surishdi, eskisini esa joyidan qo’zg’atib, uning o’rniga yangisini o’rnatishdi. Doktor Onilning aytishicha, bu xavfli jarayon:


"Yurak devoriga tegish, uni urish halokatli hollarga olib borishi mumkin. Bundan tashqari, har bir harakatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmasangiz bo’lmaydi. Klapanni noto’g’ri joylashtirsangiz, bemorning ahvoli og’irlashadi."


Grandda sinalgan tajriba murakkab, ammo muvaffaqiyatli kechdi. Amaliyotdan uch soat o’tib, yangi klapan normal tarzda ishlay boshladi.

Bemorning quvonchi ichiga sig’maydi. "Juda yaxshiman. Qayta tug’ilgandekman. Yangi klapan qo’yishgan kuni – 10 mart – yangi tug’ilgan kunim."


Operatsiya qilinmagani uchun, bemor uch kunda kasalxonadan chiqib, kelasi kuniyoq ishga tushib ketdi.



XS
SM
MD
LG