Breaking News

Qirg'iziston Prezidenti Akayev rasman iste'foga chiqdi


Qirg'iziston muvaqqat hukumati vakillarining aytishicha, hokimiyatdan chetlashtirilgan Prezident Askar Akayev rasman iste'foga chiqqan. O.Tekebaev rahbarligidagi qirg'iz millat vakillari delegatsiyasi bilan uchrashgan Akayev, Rossiyadagi Qirg'iziston elchixonasida iste'fonomaga qo'l qo'ygan. Unga ko'ra, Akayev muvaqqat hukumatga qarshilik ko'rsatmaydi.

Qonun chiqaruvchilar, masala tinch yo'li bilan hal etilgani uchun sobiq prezident Akayevdan minnatdorlar.

AQSh Davlat departamenti, mamlakatda tartibni tiklash yo'lida muvaqqat qirg'iz rahbariyati bilan ish olib borishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG