Breaking News

<i>Discovery</i> parvozga tayyorlanmoqda


Ma'lumki, AQShning Kolumbiya (Columbia ) fazo kemasi ikki yil oldin Texas shtati osmonida halokatga uchrab, undagi yetti nafar fazogir o'lganidan beri AQSh fazoni tadqiq etish boshqarmasi, NASA raketalardagi xavfsizlik choralarini qayta ko'rib chiqishga kirishgan edi.

O'sha voqeadan keyingi birinchi parvozni shu yilning may oyida Discovery (Kashfiyot) kemasi amalga oshiradi.

NASA rasmiylarining ta'kidlashicha, raketaning fazoga qaytishi xalqaro kosmik stantsiya faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Stantsiya, ikki yildirki, yerdan muhim moslamalar yetib kelishini kutmoqda.

XS
SM
MD
LG