Breaking News

2009 yil Turkmanistonda prezident saylovi o'tkazilishi mumkin


Turkmanistonning avtoritar rahbari 2009 yilda mamlakatda prezident saylovi o'tkazilishi mumkin, deya ma'lum qildi.

Prezident Saparmurat Niyozov 8 aprel kuni xalqqa davlat televideniesi orqali murojaat qilib, prezidentlik uchun uch-to'rt kishi o'z nomzodini qo'yishi mumkin, dedi. U bu saylovda chetda tursada, hukumat va ijtimoiy ishlardagi faoliyatini davom ettirajagini ta'kidladi.

Niyozov Turkmanistonni 1985 yildan beri boshqarib kelyapti. U hukumatni diktatorlarga xos qattiqqo'llik bilan yuritadi va muxolifatga yo'l bermaydi. Qolaversa, Turkmaniston muxolifatchilarning ko'pi qamoqda yoki quvg'inda. Mutaxassislar orasida Niyozov to'satdan hayotdan ko'z yumgan taqdirda, uning o'rniga hokimiyat tepasiga keladigan aniq shaxs yo'q va bu holda hukumat uchun kurash boshlanishi xavfi bor, degan fikr hukm suradi.

XS
SM
MD
LG