Breaking News

Tasodifan jonatilgan grip virusi kuchli vahimaga sabab bo'lyapti


Laxmdan chiqqan grip virusi tufayli 1957 yilda Amerikada to’rt millionga yaqin kishi hayotdan ko'z yumgan edi. Yaqinda o'sha grip virusi namunasi tasodifan dunyoning 18 mamlakatidagi to’rt ming laboratoriyaga jo'natib yuborilgan.

AQSh kasallikni kuzatish va oldini olish boshqarmasi rahbari Juli Gutenbergning ta'kidlashicha, virusli go’shtning dunyoni kezib yurishi omma uchun xavfli emas, ammo ehtiyot bo’lish lozim.

"Bu virusning tarixi 1957 yilda chiqqan Osiyo gripiga borib taqaladi. Juda xavfli virus. Undan kishilar kasallanishi mumkin. Aytish kerakki, mazkur virus juda uzoq yillardan beri hech bir mamlakatda qayta chiqqani yo’q,"-deydi Gutenberg xonim.

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti bu virus namunasi jo’natilgan barcha mamlakatlardan uni darhol nobud qilishni so’ramoqda. Tashkilotning gripga qarshi dasturi rahbari Klaus Storning firkicha, virus qaysidir darajada umumjahon epidemiyasiga olib borishi mumkin.

"Bu virus bir odamdan ikkinchisiga bemalol yuqadi. 1968 yildan keyin tug’ilgan kishilarning hech biri unga qarshi emlanmagan,"-deydi janob Klaus. Uning aytishicha, grips qarshi vaksina berilganda bu visur hisobga olinmaydi.

Gap shundaki, Amerika patologiya oliygohi xodimlari bilmasdan bu virus namunasi solingan qutilarni minglab laboratoriyalarga jo’natib yuborgan. Qutilardagi namuna qoida bo’yicha izchil tekshiruvdan o’tadi va tozaligi aniqlanadi.

Notog’ri virus jo’natilgani haqida birinchi bo’lib Kanadadagi laboratoriya xabar berdi.

Amerika patologiya oliygohi so’zlovchisi Jared Shvarts xato uchun maktab nomidan uzr so’radi: "Biz ish usulimizni mukammallashtirishimiz lozim, toki kelajakda bundan hol boshqa takrorlanmasin. "

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti laboratoriyalardan virusni butunlay nobud qilingani haqida dalil so’ramoqda. Virus namunalari bilan ishlashda o’ta ehtiyot bo’lish talab qilinadi.



XS
SM
MD
LG