Xollivud yulduzlari yetakchi davlatlarni qashshoqlikka qarshi chora ko'rishga chorlamoqda


"Men u yerda bo’lganman. Bilib turib, ko’rib turib, undan o’girilib ketsam, gunohga qolaman...,"-deydi Xollivud yulduzi Bred Pitt, Janubiy Afrikadagi qashshoqlik darajasi haqida gapirarkan.

Pitt shu kunlarda barchaning e’tiborini rivojlanayotgan dunyoga jalb etishga urinmoqda.

Kambag’allikka qarshi jamoatchilik kampaniyasida qatnashayotganlar qatorida Bred Pitt kabi boshqa bir necha mashhur aktyorlar bor.

Rok musiqasi yulduzi Bono boshchiligidagi tadbir hukumatlarni qashshoqlikka qarshi chora ko’rishga undaydi.

"Bizga odamlardan pul emas, ularning ovozini so’rayapmiz,"-deydi Bono mamlakatma-mamlakat olib borayotgan tashviqoti xususida to'htalarkan.

2000 yilning sentyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yilgacha dunyodagi qashshoqlar sonini yarmiga kamaytirishni rejalagan edi. Oradan besh yil o’tib ham, ko’p narsaga erishilganicha yo’q.

"Tsunami jabr-diydalariga katta yordam ko’rsatildi. Ammo mutaxassislarning aytishicha, Afrika va Osiyoda past darajali tsunami deyarli har oyda yuz beradi,"- deya ta'kidlaydi kampaniyaning matbuot kotibi Yan Rov. Uning o'zi aslida MTV ning jamoat ishlari va strategik hamkorliklarini boshqaradi.

Shu yilning iyul oyida dunyoning iqtisodiy jihatdan sakkiz yetakchi davlati rahbarlari uchrashadi. Xonanda Bono ulardan qashshoqlikka qarshi kurashishga va’da berishni talab qilmoqchi.

XS
SM
MD
LG