Vyetnam urushi xotira maydoni mamlakatni birlashtirishga qaratilgan


Vashington shahridagi AQShning Vyetnamdagi urushi xotirasiga bag'ishlangan maydonga urushning yakunlanganiga roppa-rosa 30 yil to'lganiga qaramay, hamon ko'plab odamlar kelib, gullar, yozuvlar, xatlar, suratlar va medallar qo'yib ketadilar.

Yan Skrags 30 yil ilgari AQSh bilan Vietnam o'rtasida yakunlangan urush veteranidir. U, shuningdek, Vyetnam veteranlari xotira tashkilotining asoschisi. 1982 yilda tashkil topgan tashkilot Vyetnam urushida halok bo'lgan amerikaliklar ro'yxatini tuzadi. O'sha ro'yxatdagi nomlar Xotira maydonidagi devorga bitiladi.

Yan Skragsning aytishicha, tashkilotning asl maqsadiga ko'ra, Xotira maydoni urush qatnashchilari uchun malham va mamlakat fuqarolarini birlashtiradigan joy bo'lishi ko'zda tutilgan edi. "Nihoyat, maqsadimizga yetdik," deydi Skrags.

Har yili bu yerga keladiganlarning soni tobora oshib bormoqda. Bu degani, bu yerga keltiriladigan suvenirlar soni ham oshadi. Mazkur memorialni o'z otalig'iga olgan AQSh Milliy park xizmatining matbuot kotibi Bil Layn odamlarning shuncha narsalarni qoldirib ketadi, deb o'ylamaganligini ma'lum qildi.

Suvenir va xatlar katta ombordagi uch xonani egallaydi. Ijtimoiy va siyosiy mavzular bo'yicha psixolog Dorri Lin, odamlarning "devor" nomini olgan memorialda esdalik uchun narsalarni qoldirib ketishlarining ikki sababi bor, deydi.

"Birinchisi, bu motam surish va xotirlashning bir ko'rinishidir. "Bu mening og'am, bu mening oilam yoki bu men azizlagan boshqa odam deganday." Urushda halok bo'lgan yaqinlarini eslaydigan joy. Boshqa sabab uning qarama-qarshisidir. Halok bo'lganlarning hayotini, o'sha vaqtda yashaganlarning hayotini tushunish va tajribasini o'rganish maqsadida, buni xotirada abadiy saqlamoq kerak" deganday. Ular bu urush odamlarning yodidan chiqmasligini istaydilar. Devor ana shuning ramziy ma'nosidir. Qoldirilayotgan esdalik va xotira narsalari ana shuning ramziy ma'nosidir. U bir vaqtning o'zida xotiraning ham davom etilishini, ham unga yakun yasalishining ramziy ma'nosini anglatadi."

Doktor Lin yana shuni ta'kidlab o'tadiki, amerikaliklar jamiyati Vyetnam urushi borasida ikkiga bo'linib qolingan edi. "Unda ko'plab hayotlar besabab parchalandi. Urushni xotirlash orqali, jamiyatdagi o'sha yaralarni tuzatish mumkin," deydi psixolog.

Memorialga kelayotgan ko'plab odamlar yosh va urushni eslay olmaydilar. Yan Skrags, odamlarning, va ayniqsa yoshlarning urush, memorial va devorda nomlari bitilgan harbiylar haqida ko'proq ma'lumot olishlari uchun yangi, yer osti muzeyi qurilishi rejalashtirilgan, deydi.

XS
SM
MD
LG