Floridada yangi qurol qonuni qabul qilindi


Qarama-qarshilikka boy qonunchilik shtati hisoblangan Floridada, qurol olib yurish huquqiga ega odam jamoat joyda boshqa odam tomonidan o'ziga nisbatan xafv sezsa, endilikda yangi qabul qilingan qonunga muvoqif o't ochishga haqli bo'ladi.

Florida mamlakat bo'ylab qurol egalariga uni ishlatishda noaniq yo'llanma beradigan qonunni tasdiq etgan ilk yirik shtatdir. Florida aholisi bungacha qonun bo'yicha o'z uyini himoyalash uchun quroldan foydalanish huquqiga ega edi. Qurol haqidagi qonun AQSh qurol uyushmasining qattiq aralashuvidan so'ng qabul qilingan edi. Uyushma raisining o'rinbosari Veyn Lapierning aytishicha, boshqa shtatlar ham bu kabi qonunni qabul qiladilar.

"Chunki odamlar o'z-o'zini himoyalash imkoniyatiga ega bo'lishni hohlaydilar. Jinoyat sodir etilishi mumkin bo'lgan paytda ular dovdirab qolishni istamaydilar," deydi u.

Qurol haqidagi qonun floridaliklarga qurolni uydan tashqarida ham ishlatishga huquq beradi. Masalan, ko'chada, ishda yoki mashinada. Stiv Feltus kabi qurol egalari yangi qonun oddiy odamlarni jinoyatchilardan ustun qiladi, deydi.

"Qonun hayotim qil ustida turganda o'z-o'zimni himoya qilishimga imkoniyat beradi."

Oddiy til bilan aytganda, qonunga binoan hayoti xavf ostida bo'lganda yoki o'zini qattiq shikastdan saqlash uchun Floridaning har bir fuqarosi kuchga qarshi kuch ishlatishi mumkin bo'ladi. "Qurol zo'ravonligiga chek qo'yish" tashkiloti vakili Artur Xayxo yangi qonunga qarshi o'z e'tirozini bildirdi.

"Qurol egalarini turli xil harakatlarga chorlashdan oldin, yaxshiroq o'ylash kerak edi. Bu ehtiyotkorlik bilan qabul qilingan qonun emas," dedi u.

Floridaning yangi qonuni, bir necha shahar politsiya mahkamalari rahbarlarining noroziligiga qaramay, 236 ming a'zoga ega AQSh Politsiya tashkilotlari uyushmasidek yirik tashkilot tomonidan qo'llab-quvvatlandi. O'sha tashkilot ijroiya direktori Bill Jonsonning fikricha, bu qonun shtatdagi jinoyat suratini pasaytirishga yordam beradi. Qonunda aytilishicha, o'z-o'zini qurol yordamida himoya qilishdan oldin, qurol egasi hoh uyda bo'lsin, hoh ishda bo'lsin, jinoyatchidan avval qochishga harakat qilib ko'rmog'i kerak.

"Odatda o'zini yoki uyini himoya qilish uchun qurol ishlatgan odamning ishi shtatdagi turli sudlarda turlicha ko'rib chiqilar edi. Aynan shuning uchun ham Florida shtatining qayerida bo'lishiga qarab, o'z-o'zini himoya qilish haqidagi qonun turli joyda turlicha talqin etilishi mumkin edi. Endi esa butun boshli shtatga umumiy qonun yaratish orqali, ishning bir maromda ko'rib chiqilishi ta'minlanadi. Bu shtat qonunlari bilan yaxshi tanish bo'lmagan va unga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun ham noqonuniy harakatga qarshi o'z-o'zini himoya qilishda qo'l keladigan qonun."

Yangi qonunni qo'llab-quvvatlagan boshqa guruh vakillari, es-hushli odamlar quroldan faqatgina zarur mahalda foydalanadilar, deydi. Yangi chora jinoyatchilikni pasaytiribgina qolmay, fuqarolarni o'zini xavfsiz his qilishga ham yordam beradi, deydu ular. Boshqalar esa qurol egalari yangi qonun ularga katta huquq beryapti deb o'ylab, biron-bir mojaro yoki bahs yuzasidan ham qurol ishlatishlari mumkin bo'ladi, deb xavotir olmoqdalar. Florida shtati qonun chiqaruvchisi Ken Gottlib ham shundan xavotirda. Musht yegan taqdirda ham, qo'l qurolga ketib qolishi mumkin, deydi u.

"Orada mushtlashish bo'ladi, bir-biridan o'ch olish bo'ladi. Nizolar biz bilgancha, ahloq bilan hal etilmaydi. "

Qurolga qarshi chiquvchi tashikotlarning e'tiroziga qaramay, AQSh qurol uyushmasi boshqa shtatlarda ham ana shunday qonunni qabul qilishga umid bo'glayotganini bildiradi.

XS
SM
MD
LG