Rossiya Andijondagi voqealar munosabati bilan isyonchilar va hukumat o'rtasida vositachi bo'lishga shoshilmayapti


O'zbekiston prezidenti Islom Karimov isyonchilar bilan muzokara olib borish uchun Andijonga bordi. Bugun u yerda bo'lib o'tgan qurolli isyonchilar va hukumat qo'shinlari o'rtasida bo'lib o'tgan to'qnashuv natijasida 9 kishi o'ldi va bir necha o'ntasi yarador bo'ldi.

Olingan xabarlarga ko'ra, Andijonda yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan isyonchilar Rossiyaga murojaat etib, uni o'rtaga tushib vaziyatda vositachi bo'lishni so'rashgan edi. Rossiya televideniesi orqali Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning hozircha vaziyatga bevosita aralashish niyati yo'qligini ma'lum qildi.

Lavrov bu mahalliy hukumatning ishi, biroq u yerda Rossiya fuqarolari bo'lganligi uchun ham, vaziyatni yaqindan kuzatishini, aytdi.

Rossiya Dumasi xalqaro aloqalar qo'mitasi raisi Konstantin Kosachev ham O'zbekistondagi voqealardan bezovta ekanligini, bildirdi. Bo'layotgan voqealar, dedi u, O'zbekistondagi kengroq ommaning hukumat siyosatidan qoniqmasligi natijasida vujudga keladigan inqilob yoki davlat to'ntarishiga ishora, deb aytish hozircha mumkin emas.

Kosachev voqealarning ikkita sababini ko'rsatdi. Birinchisiga ko'ra, uning fikricha, bo'lib o'tayotgan isyon tasodifiy hol bo'lib, tez orada nazorat ostiga olinadi. Biroq ikkinchisi esa, deydi Kosachev, bu - Markaziy Osiyo bo'yicha tarqalib ketishi mumkin bo'lgan notinchlikning ilk belgisi.

Vaziyatdan xavotir qo'shni Qi'rg'iziston va Qozog'iston O'zbekiston bilan chegaralarini yopdilar. Biroq Tojikiston bunday qarorga hali kelgani yo'q.

Andijondagi qonli to'qnashuvlarning shu shaharda so'nggi kunlarda hukumat tomonidan mahalliy "Akromiy" islomiy guruhiga aloqador deb topilgan 20 tadbirkor ustidan bo'lib o'tayotgan sud jarayoniga ham daxli bor, deydi ayrim mutaxassislar. Tadbirkorlarning o'zi islomiy ekstremizmiga aloqasi borligini rad etmoqdalar.

XS
SM
MD
LG