Breaking News

Bush va Karzay Vashingtonda uchrashdi


Prezident Bush Afg'oniston prezidenti Xamid Karzay bilan Vashingtonda uchrashdi. Tomonlar Amerika va Afg'oniston o'rtasida siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini kengaytirishga qaratilgan shartnomaga imzo chekdilar. Bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ikki davlat rahbarlari strategik hamkorlikka urg'u berdilar.

Oq uy tez orada shartnomaning tafsilotlarini chop qilishi kutilmoqda.

Xamid Karzay Afg'onistondagi AQSh qo'shinlari ustidan nazoratni kengaytirish hohishi borligi haqidagi ishoralariga qaramay, prezident Bush qo'shinlar Amerika nazorati ostida qolishini ma'lum qildi.

Xamid Karzay AQSh zobitlari tomonidan afg'on mahbuslarining tahqirlanishi to'g'risidagi xabarlar uni bezovta qilganini bildirdi. U, shuningdek, kelasi olti yil ichida Afg'onistonda giyohvand moddalarni ishlab chiqarishni butunlay yo'qitishni va'da qildi.

XS
SM
MD
LG