Breaking News

AQShning O'zbekistondagi ob'yektlari va fuqarolari terror xurujining nishoni bo'lishi mumkin


AQSh Davlat departamenti O'zbekistonda yashayotgan, safar bilan bo'lib turgan va xizmat qilayotgan amerikaliklar uchun yangi ogoh qoidalarini e'lon qildi. Unga ko'ra, amerikaliklar mamlakatda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan terror xuruji xavfidan saqlanish uchun ehtiyot bo'lishlari zarur.

AQSh elchixonasining quyi tabaqali xodimlari va ularning oilalari esa vaqtinchalik AQShga qaytishlari mumkin. Bu so'nggi bir hafta ichida e'lon qilingan ikkinchi ogohdir. Unga AQSh hukumatining O'zbekistonda yaqin kunlarda sodir etilishi mumkin bo'lgan terror xuruji haqidagi axborotni olgani sabab bo'ldi.

Ogohga ko'ra, O'zbekiston tashqarisidagi AQSh fuqarolariga O'zbekistonga vaqtinchalik kirmaslik tavsiya etiladi.

XS
SM
MD
LG