Breaking News

Xyuman Rayts Votch xalqaro tashkiloti Andijon voqealarini 'qirg'in' deb atadi


Inson huquqlarini himoyalash bo’yicha yetakchi xalqaro tashkilotlardan biri, Xyuman Rayts Votch (Human Rights Watch), O’zbekiston hukumati tomonidan qurolsiz namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilganini “qirg’in” deb atab, mamlakat rahbariyatini ushbu voqeani oqlashga urinayotganlikda aybladi.

“O’qlar yomg’ir kabi yog’ayotgan edi: Andijondagi qirg’in, 13 May, 2005 yil” nomli birinchi hisobotida, Xyuman Rayts Votch o’zining tekshiruvini guvoh va jabrlanuvchilar bilan o’tkazgan 50 ta suhbatga asoslaganini ta’kidlaydi.

“O’zbekiston rahbariyati bu qirg’inni oqlashga urinmoqda,” – dedi tashkilotning ijroiya direktori, Kenet Ros. “Biz o’tkazgan tekshiruv ushbu voqea tafsilotlarini o’rganish borasidagi birinchi qadamdir. Ammo rasmiy ma’lumotlardan foydalana oladigan xalqaro tekshiruvgina Andijondagi fojeali voqealarni to’liq yorita oladi.”

Hisobotda aytilishicha, tashkilotning tekshiruvi ko’pgina savollarga, jumladan otishmada haqiqatdan necha kishi o’lganligiga, javob topa olmagan.

O’zbekiston hukumati Andijon voqealarining sabablarini o’rganish bo’yicha o’z parlament komissiyasini tuzgan, ammo mustaqil xalqaro tekshiruv o’tkazish borasidagi takliflarni rad etib kelmoqda.

Yaqinda Oz'bekiston Tashqi ishlar vazirligi parlament tekshiruvini chet-ellik diplomatlar kuzatib borishlari mumkin, deya ta'kidladi.

XS
SM
MD
LG