Breaking News

Amerika Ovozi O'zbek xizmati radio eshittirishi yana efirda


Amerika Ovozining O'zbek xizmati radio eshittirishlari yana efirga uzatila boshladi. Bir yillik tanaffusdan so'ng Amerika Ovozi muxlislari jahon va O'zbekistonga tegishli radio yangiliklarni yana o'zbek tilida eshitish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

AQSh hukumatiga tegishli Xalqaro teleradio boshqarmasi qabul qilgan qaroriga ko'ra, Amerika Ovozi radiosining o'zbek tilidagi eshittirishlari qayta tiklandi.

Eshittirishlar o'rta, qisqa va O'sh shahrida FM radio to'lqinlarida har kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan 20:30 ga qadar 30 daqiqa mobaynida berib boriladi.

(UTC vaqti bilan 15:00-15:30 va Vashington vaqti bilan 11:00-11:30).

Qisqa to'lqinlarda - 15390 (19 metr), 11780 (25 metr), 11515 (26 metr)

O'rta to'lqinda esa 801 metr.

O'sh shahrida eshittirishlar ham 103.2 FM to'lqinida havoga uzatiladi.

XS
SM
MD
LG