<i> Amerika Ovozi </i> yana havo to'lqinlarida


Amerika Ovozi - har bir inson uning hayotiga ta’sir qiladigan yangilik va axborotdan foydalana olish huquqiga ega deb qat’iy ishonadi.

Televizion ko’rsatuvlarimizni deyarli bir yildan beri havola etib kelayapmiz, ammo yaqinda O’zbekistonda sodir bo’lgan voqealar va O’zbekiston hukumatining xorijiy televizion ko’rsatuvlarini cheklab qo’ygani sabab, radio eshittirishlarimizni tiklashga qaror qildik.

Amerika Ovozi dasturlari sizga O’zbekiston va dunyoning boshqa burchaklaridagi voqealar haqida xolis va erkin axborot uzatadi. Shuningdek, o’zbek tilidagi internet sahifamiz ham sizning xizmatingizda.

Amerika Ovozi, qay yo’l bilan axborot uzatayotganligidan qat’iy nazar, televideniemi, radio yoki Internet, azaliy an’anamizga rioya qilgan holda, O’zbekiston aholisi uchun ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qilishda davom etadi.

Ehtirom ila,

Devid Jekson

Amerika Ovozi TV va radio direktori

XS
SM
MD
LG