AQSh hukumatining Andijon voqealari bo'yicha rasmiy pozitsiyasi

  • VOA-Editorial

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Xyuman Rayts Votch (Human Right Watch) tashkilotining o'tgan may oyida nashr qilingan hisobotida yozilishicha, O'zbekiston xavfsizlik kuchlari Andijonda yuzlab erkak-ayol va bolalarni otib o'ldirgan. Qurbonlar, deydi Xyuman Rights Votch, diniy ekstremizmda ayblangan 23 nafar ishbilarmonni hibsga olinishi natijasida boshlangan ommaviy namoyishda qatnashganlar edi. Ana o'sha norozilik, deb davom etadi Xyuman Rights Votch, mintaqada keng tarqalgan qashshoqlik, yulg'ichlik, ishsizlik, repressiya va adolatsiz sudlarga nisbatan norozilikni ommaviy ifoda etishga aylandi.

Qamoqdagi ishbilarmonlar, nazoratxonalarga bostirib kirib, hukumat binolarini ishg'ol qilgan va fuqarolarni garovga olgan qurolli shaxslar tomonidan ozod qilingan. Xyuman Rights Votch tomonidan o'tkazilgan suhbatlarda qatnashgan guvohlarning aytishiga qaraganda, o'zbek xavfsizlik kuchlari, aksariyati qurolsiz bo'lgan minglab sondagi haloyiqni ayovsiz o'qqa tutdilar. Halok bo'lgan va yaralanganlar so'ni hali aniq bo'lmasada, Xyuman Rights Votchga ko'ra, misli ko'rilmagan otishma paytida 300 dan 400 gacha odam yig'ilgan bol'sa, ulardan atigi bir nechasi tirik qo'lgan xolos.

AQSh hukumati qurbonlar borasida afsuslanadi. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Shon Makkormak, otishmalardan ilgari sodir bo'lgan qamoqxonani hujum qilish qanchalik jiddiy bo'lmasin, bu hol baribir ko'plab begunoh o'zbek fuqarolari inson huquqlarining oyoq osti qilinishi uchun asos bo'la olmaydi, dedi. O'zbekiston hukumati, zo'ravonlikni o'rganish maqsadida ishonchli xalqaro tashkilotlar ishtirokida ochiq va mustaqil tekshiruvning o'tkazilishiga ruxsat berishi shart.

"Biz, avvalgiday, O'zbekiston hukumatini xalqaro hamkor bilan birgalikda Andijon'dagi fojeali hodisalarni ishonchli va ochiq tarzda baholashga va fundamental demokratik va iqtisodiy islohotlarni amalda tadbiq etishga chorlashda davom etamiz, dedi Makkormak. "O'zbekiston hukumati, ushbu voqealarni jiddiy, ishonchga sazovor va ochiq ravishda mustaqil tekshiruv o'tkazishda, o'z fuqarolari hamda xalqaro jamoatchilik oldida qarzdordir." O'zbekiston'dan mustaqil axborot tarqatish nihoyat qiyin. Prezident ISLOM KARIMOVning hukumati, barcha ommaviy axborot vositalarini qattiq nazorat qilib turibdi. Hukumatni tanqid ostiga olgan jurnalistlar nisbatan hibsga olinish yo'ki ta'qib etilish xavfi bor.

AQSh Davlat departamentining bildirishicha, O'zbekistonning inson huquqlarini himoyalash bo'yicha ko'rsatkichi ancha past. O'zbek fuqarolari hukumatni tinch yo'l orqali o'zgartish huquqiga ega emaslar. Militsiya, Prezident KARIMOVga nisbatan muxolifatda turganlarni istagancha qamoqqa oladilar va qiynoqlarga soladilar hamda vaqti-vaqti bilan pora olish maqsadida fuqarolarni hibs qiladilar. Inson huquqlarini kuzatuvchilar ta'qib etiladilar. Diniy erkinlik cheklangan.

Bu kabi siyosatning O'zbekiston uchun foydasi kam. AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays aytganidek, Amerika Qo'shma Shtatlari, boshqa mamlakatlarga siyosiy bosim bilan ozodlikdan birini tanlab olishi kerakligini aniq qilib tushunturishda davom etadilar, va biz shuni yana qat'iy bildirmoqchimizki, pirovardida, ikki mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar mamlakatlarning o'z fuqarolariga nisbatan munosabatlariga bog'liq.

XS
SM
MD
LG