Breaking News

Rustam Qosimjonovning kompyuterga qarshi partiyasida durang qayd etildi


Shaxmat bo'yicha FIDE jahon chempioni o'zbekistonlik Rustam Qosimjonov 21 iyun kuni Nyu Yorkda ilk bor kompyuterga qarshi shaxmat partiyasini o'ynadi. Qosimjonovning Accoona Toolbar Internet qidiruv sahifasi ishlab chiqargan programmasiga qarshi o'yini durang natija bilan yakunlandi.

Jahon shaxmat reytingida 32-o'rinda kelayotgan Rustam Qosimjonov Amerika Ovoziga bergan intervyusida, 42-yurishlik partiyiada g'alaba qozonishi mumkinligini aytdi. "Kompyuterga qarshi o'ynash juda qiyin, chunki kompyuter yaxshi himoyalanadi va bir necha million yurish va kombinatsiyalarni oldindan va insondan tez hisoblab chiqaradi," dedi Rustam.

Kompyuterga qarshi o'yinni sakkiz yil ilgari Garri kasparov boshlab bergan edi. Rustam Qosimjonov kuzda Argentinada bo'ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

XS
SM
MD
LG