Breaking News

AQSh Davlat kotibi YeXHT majlisida O'zbekistonni tanqid qildi


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) o’zining yillik majlisini Vashingtonda o’tkazmoqda. Bu YeXHTga a’zo davlatlar parlamentlari deputatlarining AQShda o’tkazayotgan ilk majlisidir. Besh kunlik uchrashuv davomida tashkilotga a’zo 55 davlat qonun chiqaruvchilari xalqaro xavfsizlik va inson huquqlariga doir masalalarni muhokama qilmoqdalar.

Juma kuni majlisning ochilishida nutq so’zlar ekan, AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays tashkilotning Yevropadagi sobiq kommunistik davlatlarining erkinlikka erishishdagi yordamini alohida tilga oldi. Rays, shuningdek, YeXHTning Belarus va O’zbekiston kabi a’zolarini inson huquqlarini himoya qilish, demokratiyaga sodiq bo’lish va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi tashkilot tamoyillariga rioya qilmayotgani uchun tanqid ostiga oldi.

Rays xonim bu ikki davlatni tashkilotning yordamini rad etishini va tashkilotning bu davlatlar ichki siyosatlariga aralashayotgani haqidagi ayblovlarini tanqid qildi.

XS
SM
MD
LG