Breaking News

Human Rights Watch Qozog'istonning qarorini maqtovga loyiq deb topdi


Inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilot, Xyuman Rayts Votch (Human Rights Watch), Qozog’iston hukumatining O’zbekiston hukumati bosimiga yon bermasdan, o’zbekistonlik inson huquqlari bo’yicha faol Lutfullo Shamsuddinovni ekstraditsiya qilmaganini "maqtovga sazovor qaror", dedi. Xyuman Rayts Votchning aytishicha, Qozog’iston to’g’ri ish qilgan va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari undan o’rnak olishlari kerak.

Lutfullo Shamsuddinov Andijondagi voqealarga shohid bo’lgan va voqealardan keyin darhol O’zbekistonni tark etgan. U Qozog’istonda 4 iyul kuni qo’lga olingan edi. Biroq ikki kun ilgari qozoq rasmiylari Shamsuddinov va oilasini BMT ning Qochqinlar bo’yicha agentligiga (UNHCR) topshirdilar. Agentlik Shamsuddinovlarni darhol uchinchi mamlakatga ko’chirdi.

XS
SM
MD
LG