O'zbekistonlik qochqinlar Ruminiyaga jo'natilmoqda


Ruminiya hukumati o’zbekistonlik 400 nafardan ziyod qochqinga vaqtincha boshpana beramiz, deya ma’lum qildi. Ruminiya prezidenti Trayan Basesku, bu insonparvarlik yordami va biz bu insonlarga mezbonlik qilish quvvatiga egamiz, dedi.

Kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo’yicha boshqarmasi Andijon voqealari ketidan Qirg’izistonga qochgan o’zbekistonliklarni Oshdan Bishkekka ko’chira boshlagan edi.

Boshqarma Oshdagi qamoqxonada saqlanayotgan 29 o’zbekistonlik qochqinni ozod qilish uchun urinmoqda. O’zbekiston hukumati ularning vatanga qaytarilishini talab qilyapti. Karimov rahbariyatining aytishicha, ular Andijondagi qozg’olon paytida qamoqdan qochgan jinoyatchilardir.

XS
SM
MD
LG