Breaking News

O'zbekistondagi inson huquqlari ahvoli hamon AQShning diqqat markazida


AQSh rasmiylariga ko’ra, Xonobod aviabazasidan foydalanish bo'yicha kelishuvning tugatilishida o’z aksini topgan keskinlikka qaramay, AQSh davlati Islom Karimov hukumatini mamlakatdagi inson huquqlari ahvolini yaxshilashga undashda davom etadi.

Kelishuvning bekor qilinishidan bir necha soat ilgari, Andijon voqealaridan beri Qirg’izistonda boshpana topgan 400 nafardan ziyod O’zbekistonlik qochqinlar BMT tomonidan Ruminiyaga jo’natilgan edi.

Karimov hukumatining qochqinlarni O’zbekistonga qaytarish boy’icha urinishlariga qaramay, AQSh ular uchun xorijda boshpana topish harakatlarini qo’llab quvvatladi.

Matbuot konferentsiyasida so’zlar ekan, ASQh Davlat departamenti vakili Tomas Keysi, AQShning O’zbekistonlik qochqinlar ahvoliga nazar tashlagani to’gri ish, dedi. Uning aytishicha, Andijon voqealaqi bo’yicha xalqaro tekshiruv ham o’tkazish kerak.

- Ishontirib aytaman-ki, AQSh O’zbekistonda inson huquqlari va demokratiya bo’yicha o’z tashvishlarini bildirishida davom etadi. Demokratiya, inson huquqlari, iqtisodiy islohotlar, harbiy hamkorlik – bularning hammasi o’zaro munosabatlarimizning bir qismidir. Avval aytganimizdek, bu sohalarning hech biri ikkinchisini cheklamaydi. O’zbekiston hukumati bilan muzokara davom etadi. Aviabaza bo’yicha vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar, muzokara uzoq vaqtgacha davom etishiga ishonamiz, dedi janob Keysi.

Unga ko’ra, O’zbekiston uchun ajratilgan 22 million dollar miqdorida ko’mak mamlakatdagi inson huquqlari bo’yicha tashvishlar bois hali ham saqlab turilibdi. Ko’makning O’zbekistonga berilishi yoki berilmasligi, O’zbekiston hukumatining Andijon voqealari yuzasidan xalqaro tekshiruv bo’yicha qanday qarorga kelishiga qisman bog’liq, dedi AQSh vakili.

XS
SM
MD
LG