Finlyandiya, Niderlandiya va Shvetsiya o'zbekistonlik qochqinlarga boshpana taklif qilmoqda


Yevropaning uch mamlakati - Finlyandiya, Niderlandiya va Shvetsiya Andijon voqealaridan keyin vatandan chiqib ketgan o’zbekistonlik qochqinlarga boshpana taklif qilmoqda.

Bu mamlakatlar hozirda Qirg’iziston janubida qamoqda saqlanayotgan 15 qochqinning 11 nafarini qabul qilish niyatida ekanini bildirdi, deya ma’lum qiladi Qirg’iziston Xavfsizlik Kengashi rais muovini Vyacheslav Xon.

Rasmiy Toshkent nazarida esa bu qochqinlar Andijondagi qamoqdan qochgan jinoyatchilardir. Ammo Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, 11 qochqinga Ruminiyaga jo’natilgan boshqa 400 dan ziyod o’zbekistonlik qatorida rasman qochqin degan maqom berilgan.

XS
SM
MD
LG